Farg‘ona viloyat kadastrining so‘kong‘ich boshlig‘i

Опубликовано: 20 Октябрь 2024
на канале: Eltuz
16,124
228

Yuqoridagi videoda Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapov xodimlarni og‘ziga kelgan gap bilan bo‘ralab so‘kyapti.

Nodir Mashrapovning so‘kong‘ichligi viloyatda ovoza bo‘lib ulgurgan – laqabi "Nodir ko‘cha". Boshqarma xodimlari iddaosiga ko‘ra Mashrapov viloyatda ko‘p yerlarning jinoiy oldi-sotdisisiga aloqador, biroq shu paytgacha "suvdan quruq chiqyapti".

Eltuz nashriga so‘kong‘ich, badfe'l rahbarlar haqida ko‘p shikoyatlar keladi. Ma'naviy yuksaklikni da'vo qiladigan xalqning ayrim amaldorlari so‘kinmasdan biror majlis o‘tkazolmaydi. Xodimlarning izzat-nafsi bor, hamiyatiga tegmaslik kerak degan tushuncha ularga begona.

Amaldorlarning baqir-chaqir qilmasdan, haqoratlab so‘kinmasdan ish boshqarishga salohiyati yetmaydimi yoki farosati? Bu rahbarlar so‘kinishda kimdan o‘rnak olyapti?