Baqlajonli zakuska.
✅Kerakli masalliqlar:
Baqlajon 2 dona
Qiyma 200-300 gr
Piyoz 1 dona
Pomidor 2 dona
Tuxum 3-4dona
Un 3-4 osh qoshiq
Ukrop 1 bog'
Chesnok 2-3 zubchik
Tuz
Ziravorlar
🔹️Tayyorlanishi:
Baqlajonlarimizni o'rtacha qalinlikda to'g'rab olamiz.
Qiymamizga tyorkadan chiqarilgan piyoz, mayda to'g'ralgan ukrop, ta'bga ko'ra tuz va ziravorlar solib yaxshilab aralashtiramiz.
To'g'rab olgan baqlajonlarimizni xuddi videodegidek o'rtasidan kesib chiqamiz va qiymamizni solamiz.
Tuxum bilan unimizni yaxshilab atalab olamiz va ta'bga ko'ra tuz solib aralashtiramiz.
Tayyorlab olgan qiymali baqlajonlarimizni, atalangan tuxumga bulab, qizib turgan yog'da orqa oldini qizartirib, qovurib olamiz.
Pishib chiqqan baqlajonlarimizni tyorkadan chiqarilgan chesnok, mayda to'g'ralgan ukrop va dumaloq shaklda to'g'ralgan pomidorlarimiz bilan dekor qilib olamiz.
Mazasiga gap bo'lishi mumkun emas.
Yoqimli ishtaha💖