To'rtko'l gul ko'chat narxlari
Video siz uchun manfatli bolsa videoga like bosishni unutmang!
Gullar parvarishi haqida ma'lumot
Xonadoningizning tilsiz suxbatdoshi bo‘lmish anvoyi gullar alohida mehrga, parvarishga muhtoj. Bu o‘simliklarga qanchalik e’tibor bersangiz, ular ham shunchalik xonadoningizga ko‘rk bag‘ishlab, dilingizni yayratadi. Shu bois dastlabki ishni gullaringizga mehr berishdan boshlang.
Gulingiz yayrab o‘ssin desangiz.
Gullarni ekish, ko‘chirib o‘tqazishda gultuvaklarning ahamiyati nihoyatda katta. Ularni tanlayotganda o‘tqaziladigan o‘simlik xususiyatlarini, albatta, inobatga oling. Agar gul chirmashib o‘sadigan bo‘lsa, o‘tqaziladigan gultuvagingiz bo‘yi baland bo‘lmasin. Bu tur gullari sayoz gultuvaklarda yaxshi ozuqa oladi, mayda ildizlari yoyilib o‘sishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Tik o‘sadigan gullarni esa bo‘yi baland gultuvaklarga o‘tqazing. Kichik gultuvaklardagi tuproq ozuqasi tik o‘sadigan gullar uchun yetarli emas.
Sopol gultuvaklar foydali.
Gullarni ekishda yelim gultuvaklar uzoq vaqt xizmat qiladi. Faqat bunday idishdan foydalanganda suv chiqib ketish yo‘li qavatini qalinroq qilish kerak. Lekin sopol idishlar suv ushlash, namlikni bir xil saqlash borasida yelim idishlardan afzalroq. Shu sababli, iloji boricha gullarni sopol gultuvaklarga o‘tqazing.
Gullarni oziqlantiramiz.
Gul ekilgan tuvakdagi tuproq tezda darmonsizlanib, tarkibidagi mineral ozuqalar quriydi. Gul yaxshi o‘sishi uchun gultuvakdagi tuproqqa mineral eritma, o‘g‘it sharbatini quyib turish kerak. Bunday oziqlantiruvchi aralashmalarni uy sharoitida ham tayyorlasa bo‘ladi. Buning uchun 4 litr suvga 0,5 g kalliy xlorid tuzi, 4 g azotli kalsiy tuzi, 1 g kalliy fosfor tuzi qo‘shiladi. O‘g‘itli aralashma tayyor bo‘lgach, unga yana 2 tomchidan sakkiz tomchigacha temir xloridi qo‘shiladi. Xuddi shuningdek o‘g‘itli sharbatni uy sharoitida ham tayyorlasa bo‘ladi. Buning uchun kerakli suvning bir qismi miqdorida go‘ng solinib, aralashtiriladi. Mineral o‘g‘it yoki o‘g‘itli sharbat gultuvak to‘lguncha solinadi.
Tupqorlar tanlovi kerakmi?
Bu savol ayni gullarni ekish, qayta tuvakka o‘tqazish vaqtida esga tushadi. Bahorda daladan tuproq keltirib bo‘lmaydi. Shuning uchun bahorgi ekish xaqida kuz mavsumida o‘ylab, tupqorni daladan keltirib qo‘yishni maslahat beramiz.
Gullarni yerga ko‘chirmoqchimisiz?
Mart-aprel oylari xonaki gullarni ko‘chirib o‘tqazish uchun juda qulay vaqtdir. Xonaki gullar ochiq joyga ekilishidan avval tashqi muhitga va yorug‘likka o‘rgatilishi kerak. Ularni birdaniga quyosh nuri to‘g‘ri tushadigan joyga qo‘yish yaramaydi. Odatda uyning shimol tarafiga tushib turadigan soyaga taxminan bir haftaga qo‘yiladi. Ana shundan keyingina tuvakdagi xonaki gullarni ochiq yerga o‘tqazish mumkin. Buning uchun yerda tuvak hajmidagi chuqur qazilib, gul tuvagi bilan shu joyga o‘tqaziladi. Ba’zi yosh xonaki gullar (masalan, araliya, geran, dratsena, fuksiya)ni yerga tuvaksiz ham o‘tqazsa bo‘ladi. Yozning so‘nggi kunlarida esa gullar yerdan kovlab olinib, uzun ildizlari ozgina qirqiladi va tuvakka qayta o‘tqaziladi. Kuzgi mavsumda (taxminan 23 sentyabrdan so‘ng) xonaki gullarni qo‘zg‘atmasdan, qo‘shimcha yorug‘lik berish mumkin bo‘lgan joyga ko‘chirish kerak.
Roses,Dahlias,Lotus gullari,Orkide,Marigoldlar,Tulips,Ehtiros gullari,Zambarlar,Chinnigullar,Papatyalar,Campanillalar,Nafas,Cala,Azucena,Yasemin,Camelia,Jannat qushi
#yangiturtkul #gullar #xonakigullar #fikus