Мастава, вкуснее даже чем на бочке 😍

Опубликовано: 05 Июль 2026
на канале: Vkusno By Seva
625,324
4.8k

Mastava

Kerakli masalliqlar:
500gr lahm go’sht
3ta piyoz
2ta sabzi
4ta kartoshka
1 ta qizil bulg’or qalampiri
1 ta yashil bulg’or qalampiri
5-6 ta chesnok tozalangan
1 choʻmich yogʻ
2 qoshiq tomat
Aralash ziravor
Tuz, shakar

🔹Tayyorlanishi:
Endi mastavez bochkanikidan ham mazali chiqadi😍. Mastava tayyorlashdagi qoidalarni etib o’taman:
1-qoida: yogʻimiz yaxshi qizigan bo’lishi kere.
2-qoida: piyoz mayda kubik bo’lishi kerak, katta to’g’rasangiz sho’rvamizda suzib yuradi.
3-qoida: mayda togʻralgan goʻshtalarimiz va suyakli go’shtlarimiz taomga yanada maza beradi. Ziravorlarni ham go’shtni ustini solib aralashtiring.
4-qoida svetafor bulgʻor qalampir, chesnok, sabzi qovurib olinadi.
5-qoida: faqat kartoshkani uzoq qovurmisiz.
6-qoida: qizil tomat sal kamro boʻlishi kerak. Sababi taom rangi yanayam chiroyli chiqadi.
7-qoida: sho’rvalarga har doim qaynagan suv soling va pas olovda qaynatib qo’ying.
8-qoida: mastavani guruchini hardoim alohida pishiring. Guruchni 2minut yog’da qovurib, ozginadan suv solib ustini dimlab pishirib oling🥰
Bu usulda mastava tayyorlasez. Boshqa usuldan foydalanmisiz🤩

Mastavamiz tayyor🥰
Xohishga ko’ra dekor qilib dasturxonga tortamiz.😍
Yoqimli ishtaha💖