Assalomu alaykum!
Duhovkada butun Tovuq pishiramiz.
Telegram kanalga o’tish uchun ushbu ssilkani bosing
https://t.me/PazandaDilafruz
Eng avval tovuqni yaxshilab yuvib, salfetka bilan quritib olamiz.
Marinovka uchun aralashma tayyorlaymiz:
1 ta kichikroq limon yoki laym suvi
1 osh q to’la mayonez
Tuz
Murch
Kashnich urugi
Zira
Tovuq uchun maxsus ziravorlar
Hammasini aralashtirib tovuqni hamma joyiga yaxshilab surtib chiqamiz va 3-4 soatga marinovka uchun holodilnikka qo’yamiz.
Kartoshka, sabzi, brokkoli to’rg’ab ziravorlar, ozroq zaytun yogi bilan aralashtiramiz, patnisga sabzavotlar va tovuqni joylab 180 gr/375 f da 1 soat Duhovkada pishiramiz.
Song sabzavotlarini olib tovuqni orqasini o’giramiz, yana 20 minut 200 gr da tovuqni o’zini pishiramiz.
Pishgach hammasini chiroyli qilib idishga suzib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!🍗😋