Eltuz O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining o‘z raxbariyati ustidan yozgan shikoyatlarini o‘qishda davom etadi. Shu oy ichida bir qancha murojaatlar bo‘ldi, dalillar, faktlar keltirildi. So‘nggi ko‘rsatuv uzatilganidan bir kun o‘tmay navbatdagi maktub Eltuzga yetib keldi. Uni tag‘in MTRKning katta stajga ega xodimi yo‘llamoqda.