Kech kuz ramzi - noyabrning ilk haftasida siz bilan ko‘rishayotganimdan ichimga sig‘may, sevinib o‘tiribman. Bormisiz mehri uqyonus, matonatli, sabrli va zahmatkash og‘am-inim, singlim, opam, onam? Siz borsizki, men borman! Siz tarafdan salom deya yangrayotgan o‘n minglab ovozlarni his qilayapman! Bugun siz bilan hijrat haqida emas, qaytish haqida gaplashamiz.