📖“Alkimyogar” – jahon adabiyotining durdonalaridan biri.
Braziliyalik yozuvchi Paulo Koelye qalamiga mansub ushbu asarning asosiy mohiyati – odamzodni oʻz maqsadi sari dadil odimlashiga, chin dildan qilingan orzulari roʻyobga chiqishiga ishontirishdan iborat.
Asar choʻpon bola Santyago va uning sayohati haqida. Santyago oʻz sayohati davomida duch kelgan har bir voqea, qahramon unga hayotni yanada yorqin anglashga, odamzodning bu hayotda yashashdan maqsadi nima, orzulari ushalishiga qanday toʻsiqlar gʻov boʻlishini tushunib yetishiga yordam beradi.
Falsafiy mazmunga ega asar oʻquvchini chuqur oʻylashga chorlaydi.
Edu Kids'ning navbatdagi dayjesti “Alkimyogar” asarining mohiyatiga bagʻishlanadi.
Darvoqe, ushbu asarning audio shaklini (https://www.kitob.uz/audiobook/1386) Kitob.uz platformasi orqali tinglab mutolaa qilishingiz mumkin.
Edu Kids “Alkimyogar”ni oʻqishni tavsiya qiladi!