🚀 Kuni kecha Android kursi bo'yicha birinchi guruhimiz kurslarni tamomlashdi.
O'quvchilarimiz kurs davomida Java, Kotlin dasturlash tillarini, Android frameworki va unda murakkab ko'rinishdagi UI'larda ishlashni o'rganishdi. Bundan tashqari konsol da ishlovchi sodda ilovalardan tortib Telegram, Yandex taxi, Instagram kabi dasturlarning klon-versiyalarini ishlab chiqishdi.
Kursni to'liq yakunlagan o'quvchilarga Codial akademiyasi rahbari Muhammad Amin Naziraliyev va Android kursi ustozi Ilhomjon Ibragimov ishtiroklarida sertifikatlar topshirildi.
😌 Akademiyamiz ushbu bitiruvchilarning kelajakdagi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.