Jizzaxda 2025 yil davomida 6 ming nafar ishsiz ayol tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirildi

Опубликовано: 07 Август 2026
на канале: Jizzax viloyati hokimligi
59
1

Jizzaxda 2025 yil davomida 6 ming nafar ishsiz ayol kasb-hunarga o‘qitilib, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirildi

Jizzax viloyatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va bandligini ta’minlash borasida muhim natijalarga erishilmoqda. Xususan, Jizzax viloyati Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi tomonidan 2025 yil davomida 6 ming nafar ishsiz ayol kasb-hunarga o‘qitilib, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirildi.

Markaz tomonidan viloyatning olis va chekka mahalla hamda qishloqlarida istiqomat qiluvchi, o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan minglab opa-singillar uchun qisqa muddatli, bepul o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslar doirasida tikuvchilik, pazandachilik, xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik, savdo va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar
berildi.

📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.