Abdulla Oripov
Inson qalbi
Inson qalbi bilan hazillashmang siz,
Unda millat yashar, unda til yashar.
Unda ajdod faxri yashaydi so'zsiz,
Unda istiqomat qiladi bashar.
Inson qalbi bilan hazillashmang Siz,
Unda ona yashar, yashaydi Vatan.
Uni jo'n narsa deb o'ylamang hargiz,
Hayhot! Qo'zg'olmasin bu Qalb daf'atan!!.