Ko‘p qavatli 3D uy qilish aslida oson

Опубликовано: 21 Май 2026
на канале: 3ds Max: arxitektura kursi
22
0

🕔 Taym-kodlar:
00:00 — Kirish
00:33 — 3ds Max'da copy&paste qilib deraza yasasa bo‘ladimi?
01:32 — Derazaga arkasimon shakl berish
02:22 — Arka shaklidagi derazaga rom yasash
04:23 — Tepa qavatdagi deraza joylashuvini past qavatdagisiga moslash
04:54 — Bo‘sh qolgan yerlarga devor yaratish
05:31 — Oynali balkon yaratish
07:30 — Bend instrumenti yordamida arka yaratish
11:52 — Sweep instrumenti yordamida arka yasash
17:12 — 3ds Max'da binoga balandlik qo‘shish
17:48 — Oddiygina box yordamida balkonning bu qismini yarating
23:10 — Sweep instrumenti yordamida bunday xatolarni to‘g‘rilang
24:00 — Tayyor bo‘lgan balkonlar ko‘rinishi
24:40 — "Ustoz AI" dasturini yuklab, testlar yeching

👨‍🏫 3ds Max kursi bo'yicha ustoz G‘ayrat Amrilloyev:
— professional arxitekturaviy vizualizatsiya sohasida 7 yillik tajribaga ega,
— Fiverr platformasida $40,000 dollar foyda qilgan,
— 20 dan ortiq davlatlar bilan birgalikda ish yuritgan.

📐 3ds Max va arxitekturaviy vizualizatsiya
Arxitekturaviy vizualizatsiya – bu mijozlarga loyiha yoki bino dizaynini 3D ko‘rinishda oldindan ko‘rsatishdir. Bu sohani maktab o‘quvchilari ham o‘rganib, yaxshi mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Bu yo‘nalish exterior, interior, landshaft dizayni kabi turli sohalarga bo‘linadi. Vizualizatorlar oyiga 2000-3500 dollar daromad topishi mumkin. O‘rtacha 1000-1500 dollar qiymatidagi kompyuter kerak bo‘ladi.

💸 Fiverr.com platformasi
Fiverr platformasida har qanday yoshdagi insonlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z xizmatlarini sotishlari mumkin. Platformada 600 ga yaqin kasblar mavjud va kundan kunga yangilari qo‘shilmoqda. Yaxshi portfolio va malumot yozib, xizmatlaringizning narxini belgilasangiz, butun dunyodan mijozlar siz bilan bog‘lanishadi.

“Ustoz AI” — zamonaviy kasblar va fanlarni bepul oʻrgatuvchi sifatli videokurslar platformasi.