"Chimildiq" fantastik komediya janrida suratga olingan va bu uni tomoshabin uchun yanada qiziqarli qiladi. Film yirik byudjetli kartina ko‘rinishini beradi, ammo uning muhim jihati shundaki, u davlat mablag‘lari hisobiga suratga olinmagan. “Chimildiq”ni ijodkorlar o‘z moliyaviy resurslari va imkoniyatlarini ishga solgan holda yaratishgan.