Qanday qilib mehmonlarni ajablantirish mumkin? Albatta tovuq oyog’i bilan juda chiroyli va mazali somsani pishirib. Bunday samsa stolni o’zining tashqi ko’rinishi bilan bezatadi.
Tovuq bu taomda xushbo’y va sersuv bo’lib, xamir esa, qarsildoq bo’lib pishadi.
Masalliqlar:
Adjust Servings:
7 ta
XAMIRIGA
500 gramm un
10 gramm tuz
1 ta tuxum
260 millilitr iliq suv
100 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
ASOSIGA
7 ta tovuq sonlari
150 gramm piyoz
3 osh qoshiq soya qaylasi
20 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra zira va kashnich
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika)
Qadam 1
Iliq suvda tuzni eritamiz. Unga tuxum va tuzli suvni solib, xamir qoramiz. Xamirni xona haroratida 20-25 daqiqaga qoldiramiz.
Qadam 2
Tovuq oyoqlariga ziravorlar sepib, soya qaylasi bilan 15 daqiqaga marinadlab qo'yamiz. Songra oyoqchalarni tovada o'simlik yog'i bilan pishgunicha qovurib olamiz.
Qadam 3
Xamirni 2-3 mm qalinlikda yoyib olamiz va ustiga eritilgan margarin suritamiz.
Qadam 4
Rulet shaklida o'rab, 7 ta bo'laklarga bo'lamiz. Hosil bo'lgan bo'laklarni ezib, margarin qotishi uchun muzlatgichga 15 daqiqaga yuboramiz.
Qadam 5
Har bir bo'lakni 5 mm qalinlikda dumaloq shaklida yoyib olamiz.
Qadam 6
Xamir o'rtasiga ozroq maydalangan piyoz va tovuq oyog'ini qo'yamiz. O'zimizga qulay bo'lgan usul bilan chetlarini berkitamiz va o'girib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Qadam 7
Tuxum suritib, kunjut sepamiz.
Qadam 8
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
@maselko.uz
Reklama huquqi asosida
Yanada ko'proq retseptlar — https://zira.uz da
Facebook: https://www.fb.com/zirauz
Instagram: / zirauz
O'zbek tilidagi telegram: https://t.me/zirauzuz
Rus tilidagi telegram: https://t.me/zirauz
Telegramdagi guruh: https://t.me/zirauz_chat
Tahririyat raqami: (+99899) 837−15−15
Reklama bo'limi raqami: (+99878) 148−14−15