Adneksit haqida ma'lumot

Опубликовано: 23 Март 2026
на канале: medicuz
13,836
35

Аdneksit [salpingoofarit] – bachadon naylari va tuxumdonning yalligʼlanishi. Kasallikni turli patogen mikroblar – stafilokokk, streptokokk va boshqa(lar) koʼzgʼatadi. Mikroblar bachadon ortiqlari (tuxumdon va bachadon naylarida) abort, tugʼruq, jinsiy aloqa vaqtida, turli infektsion kasalliklar (sil, angina), ichki aʼzolarning yalligʼlanishiga esa boshqa aʼzo va toʼqimalardan qon va limfa tomirlari orqali oʼtadi. Sovqotish, oʼta toliqish, ruhiy iztirob, gigiyena qoidalarining buzilishi kasallikning avj olishiga sharoit yaratadi. Аdneksitning oʼtkir va surunkali turlari farqlanadi.