🕔 Taym-kodlar:
00:00 — Kirish
00:25 — Uy rejalarini masshtablashga tayyorlash
02:38 — Uy chizmasi masshtabi to‘g‘riligini tekshirib olish
03:02 — Uy chizmasini masshtabini to‘g‘rilash
06:10 — Masshtab to‘g‘rilashning ikkinchi usuli
07:28 — To‘g‘ri chiziq yordamida uy devorlarini chizib olish
09:32 — Chizilgan devorlarni qanday tekshirish mumkin?
10:10 — Chizilgan devorni 3d holatda ko‘rish uchun instrument
11:58 — Devorga qanday qilib qalinlik berish mumkin?
12:20 — Devorga qancha balandlik berish kerak?
13:41 — Nega uy chizmasini ikkiga bo‘lib olish kerak?
15:39 — Uyning fasad qismini 45° qilish
16:40 — Uyning old qismini tayyorlash
17:51 — Alt+X qanaqa funksiya bajaradi?
18:42 — Uy rejasi bilan oson ishlash uchun layfhak
19:47 — Uyning garajini yasash
22:48 — Uyning old tarafidagi oynalar o‘rnini teshib chiqish
27:32 — Oyna yasashning eng oson usuli
29:55 — "Ustoz AI" dasturini yuklab, testlar yeching
👨🏫 3ds Max kursi bo'yicha ustoz G‘ayrat Amrilloyev:
— professional arxitekturaviy vizualizatsiya sohasida 7 yillik tajribaga ega,
— Fiverr platformasida $40,000 dollar foyda qilgan,
— 20 dan ortiq davlatlar bilan birgalikda ish yuritgan.
📐 3ds Max va arxitekturaviy vizualizatsiya
Arxitekturaviy vizualizatsiya – bu mijozlarga loyiha yoki bino dizaynini 3D ko‘rinishda oldindan ko‘rsatishdir. Bu sohani maktab o‘quvchilari ham o‘rganib, yaxshi mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Bu yo‘nalish exterior, interior, landshaft dizayni kabi turli sohalarga bo‘linadi. Vizualizatorlar oyiga 2000-3500 dollar daromad topishi mumkin. O‘rtacha 1000-1500 dollar qiymatidagi kompyuter kerak bo‘ladi.
💸 Fiverr.com platformasi
Fiverr platformasida har qanday yoshdagi insonlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z xizmatlarini sotishlari mumkin. Platformada 600 ga yaqin kasblar mavjud va kundan kunga yangilari qo‘shilmoqda. Yaxshi portfolio va malumot yozib, xizmatlaringizning narxini belgilasangiz, butun dunyodan mijozlar siz bilan bog‘lanishadi.
“Ustoz AI” — zamonaviy kasblar va fanlarni bepul oʻrgatuvchi sifatli videokurslar platformasi.