"Yong'oq" shirinligi.
✅Kerakli masalliqlar:
Un 400-500gr
Saryog' 200 gr
Tuxum 3 dona
Qatiq 1 piyola
Shakar 1 osh qoshiq
Tuz bir chimdim
Raxrexlitel 1 choy qoshiq
"Varyonni" moloko 1 ta
Tozalangan yong'oq 200 gr
🔹️Tayyorlanishi:
Saryog'ni tyorkadan chiqarib un bilan kroshka holatiga keltirvolamiz.Ustidan qatiq,tuxum sarig'i,shakar,tuz,razrexlitel solib aralashtiramiz va oz ozdan un solib yumshoq hamir qoramiz.Ustini yopib 15 daqiqa tindirishga olib qo'yamiz.
Xamirimiz tingandan so'ng, kichkina dumaloqchalarga bo'lib, "oreshka" pishiradigan maxsus qolipimizga solib, gazda 5 daqiqada (oldi 2.5 daqiqa,orqasi 2.5daqiqa) xuddi videodegidek qilib pishirvolamiz. Pishib chiqqan pechenkalarimizni bir tomoniga qopchamizga solingan moloko qo'yib, ustidan yong'oq qo'yamiz.Yana bir tomoniga ham moloko qo'yib,birlashtiramiz.
Qarabsizki bolaligimizni eslatadigan o'sha "oreshka" shirinligimiz tayyor🤤
Yoqimli ishtaha💖