#shirinlik
Yurakchali bulochkalar❤️🥐
✅ Kerakli masalliqlar:
Xamiriga:
200 ml sut
1 osh qoshiq droja
2 osh qoshiq shakar
1 ta tuxum
500-600g un
100 g sariyog'
Nachinkasiga:
Koritsa (dolchin)
Shakar
🔹 Tayyorlanishi:
Sutga droja va shakar solib aralashtirib 5-10 daqiqaga oshirib olamiz. Keyin unning taxminan yarmi tuxum, sariyog' va oparani qo'shib qo'limiz bilan aralashtiramiz. Oz-ozdan un solib xamir qoramiz. Xamirimizni 2 soatga oshirishga qo'yamiz.
Oshgan xamirni o'rtacha qalinlikda yoyib videodagidek to'rtburchak qilib kesamiz. Nachinka sepib ko'rsatilganidek qilib tugib kesib yurakcha shaklini beramiz.
Tepasiga tuxum sarigiga sut aralashtirib suramiz va 180°da 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Judayam mazali bulochkalarimiz tayyor❤️
Yoqimli ishtaha💖