Bananchik shirinligi🍌
✅ Kerakli masalliqlar:
Xamiriga:
600-700g un
3 ta tuxum sarig’i
1 chimdim tuz
300 g sariyog'
200 ml smetana
1choy qoshiq razrexlitel
🔷️Tayyorlanishi:
Unga, saryog’ni qirg'ichdan chiqazib kroshka holatiga keltiramiz, uchta tuxum sarig’ini , razrexlitel, tuz va smetanani qo’shib xamir qilib olamiz. Hamirimizni yaxshilab mushtlab 10 daqiqa tindiramiz
✨Nachinkasiga:
yong'oq va magizni
to’g’rab varyonniy sgushonka bilan
aralashtirib olamiz.
Tingan xamirni zuvalachalarga bo'lib, yoyib kesib olamiz. Hamirni ichiga nachinka solib videodagidek tugib olamiz. 180° qizigan duxovkada 25 daqiqa pishirib olamiz. 🤤🤤🤤
Xohishga ko'ra ustiga, varyonniy sgushonka va yong'oqni maydalab sepamiz.
Yoqimli ishtaha💖