🕔 Taym-kodlar:
00:00 — Kirish
00:43 — Uyning yon tarafiga chizma joylashtirish
02:10 — Uy chizmasi masshtabini to‘g‘rilash
05:31 — Devorga deraza joylashtirishdan oldin buni bajaring
06:22 — Derazalar joylashuvini box bilan belgilab olish
10:15 — Devordagi derazalar o‘rnini oson kesib chiqish uchun instrument
11:40 — 3-qavat devorlarini yakunlash
13:20 — Devorga deraza yopishtirish
13:50 — Agar deraza va devordagi o‘rni biroz mos kelmasa qanday to‘g‘rilash mumkin?
15:38 — Romli derazani romsiz deraza o‘rnida joylashtirsa bo‘ladimi?
17:08 — Simmetriya instrumentining deraza uchun qanday foydasi bor?
18:17 — Uyning har bir derazasini alohida 0 dan yasab chiqish kerakmi?
18:40 — Pastki qavat derazalarini joylashtirib chiqish
20:46 — Uyning 3-qavatiga derazalar joylashtirish
22:44 — Agar 3ds Max'da box yaratib bo‘lmay qolsa, bu sozlamani tekshiring
23:44 — Deraza o‘rnidagi box qanday qalinlikda bo‘lishi kerak?
24:45 — 6 ta derazani bu instrument bilan birlashtiring
25:11 — Nega derazalarga ishlov berishdan oldin birlashtirish kerak?
25:50 — Uyning orqa tarafiga deraza joylashtirish
32:00 — Uy devorlariga qanday qilib rangini o‘zgartirsa bo‘ladi?
32:40 — Bir chetga suriladigan deraza modelini uyning orqa tarafiga joylashtirish
36:16 — Uy modeli holatini tekshirish
37:25 — "Ustoz AI" dasturini yuklab, testlar yeching
👨🏫 3ds Max kursi bo'yicha ustoz G‘ayrat Amrilloyev:
— professional arxitekturaviy vizualizatsiya sohasida 7 yillik tajribaga ega,
— Fiverr platformasida $40,000 dollar foyda qilgan,
— 20 dan ortiq davlatlar bilan birgalikda ish yuritgan.
📐 3ds Max va arxitekturaviy vizualizatsiya
Arxitekturaviy vizualizatsiya – bu mijozlarga loyiha yoki bino dizaynini 3D ko‘rinishda oldindan ko‘rsatishdir. Bu sohani maktab o‘quvchilari ham o‘rganib, yaxshi mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Bu yo‘nalish exterior, interior, landshaft dizayni kabi turli sohalarga bo‘linadi. Vizualizatorlar oyiga 2000-3500 dollar daromad topishi mumkin. O‘rtacha 1000-1500 dollar qiymatidagi kompyuter kerak bo‘ladi.
💸 Fiverr.com platformasi
Fiverr platformasida har qanday yoshdagi insonlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z xizmatlarini sotishlari mumkin. Platformada 600 ga yaqin kasblar mavjud va kundan kunga yangilari qo‘shilmoqda. Yaxshi portfolio va malumot yozib, xizmatlaringizning narxini belgilasangiz, butun dunyodan mijozlar siz bilan bog‘lanishadi.
“Ustoz AI” — zamonaviy kasblar va fanlarni bepul oʻrgatuvchi sifatli videokurslar platformasi.