Tovlamachilik va yana bir nechta ayblovlar bilan qamoqqa olingan blogerga jazo tayinlandi. U 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Majburiy ijro byurosi zimmasiga ijtimoiy tarmoqlardagi O. Haydarovga tegishli barcha kanal, sahifa va guruhlarni hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng o‘chirilishi (bloklanishi)ni ta'minlash yuklatildi.