Sigaret chekishni tashlash uchun dori vositalari

Опубликовано: 08 Сентябрь 2026
на канале: Achchiquz
20,278
214

Qo‘llanilishi

Nikotinga qaramlik (nikotinizm), chekishdan voz kechishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.



Qo‘llash usuli va dozalari

Nikotinabs® tabletkalari yordamida nikotinga qaramlikni davolash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi, kirish bosqichi 3 kunga mo‘ljallangan. Uch kun davomida Nikotinabs® bitta tabletkadan har 2 soatda, sutkada 6 marta qabul qilinadi, tungi uyqu bundan mustasno. Nikotinga qarshi davolashni boshlash bilan bir vaqtda chekilayotgan sigaretlar sonini kamaytirish lozim.

Agar uch kun qabul qilish davomida chekishga intilishni pasayishi ko‘rinishidagi samarasi paydo bo‘lmasa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va keyingi kursni kamida 2-3 oydan keyin o‘tkazish kerak.

Agar kirish bosqichi 3 kun davomida o‘zining samarasini ko‘rsatsa, qabul qilish asosiy kurs tartibi bo‘yicha davom ettiriladi:

Davolash davri Qabul qilishlar soni Sutkalik doza
4 dan 12 kungacha 1 tabletkadan har 2.5 soatda 5 tabletka
13 dan 16 kungacha 1 tabletkadan har 3 soat 4 tabletka
17 dan 20 kungacha 1 tabletkadan har 5 soat 3 tabletka
21 dan 25 kungacha 1 tabletkadan har 6-8 soat 1-2 tabletka
Chekishni to‘liq to‘xtash davolashni boshlanganidan keyin 5 kunidan kechikmasdan boshlanishi kerak.