Oddiy 3D modellarni PRO ko‘rsatadigan instrument

Опубликовано: 24 Май 2026
на канале: 3ds Max: arxitektura kursi
43
3

🕔 Taym-kodlar:
00:00 — Kirish
00:21 — Twist instrumenti
04:19 — Moskvadagi Evolyutsiya binosini yasash uchun instrument
05:33 — Twist instrumentini gizmo bilan birga ishlatish
07:40 — Devorga g‘isht effektini yasash uchun instrument
12:26 — Devor o‘lchamlarini oson o‘zgartirish
14:15 — Silindrga material berish
16:17 — Modellashtirishda kerak bo‘ladigan instrument
17:17 — "Ustoz AI" dasturini yuklab, testlar yeching

👨‍🏫 3ds Max kursi bo'yicha ustoz G‘ayrat Amrilloyev:
— professional arxitekturaviy vizualizatsiya sohasida 7 yillik tajribaga ega,
— Fiverr platformasida $40,000 dollar foyda qilgan,
— 20 dan ortiq davlatlar bilan birgalikda ish yuritgan.

📐 3ds Max va arxitekturaviy vizualizatsiya
Arxitekturaviy vizualizatsiya – bu mijozlarga loyiha yoki bino dizaynini 3D ko‘rinishda oldindan ko‘rsatishdir. Bu sohani maktab o‘quvchilari ham o‘rganib, yaxshi mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Bu yo‘nalish exterior, interior, landshaft dizayni kabi turli sohalarga bo‘linadi. Vizualizatorlar oyiga 2000-3500 dollar daromad topishi mumkin. O‘rtacha 1000-1500 dollar qiymatidagi kompyuter kerak bo‘ladi.

💸 Fiverr.com platformasi
Fiverr platformasida har qanday yoshdagi insonlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z xizmatlarini sotishlari mumkin. Platformada 600 ga yaqin kasblar mavjud va kundan kunga yangilari qo‘shilmoqda. Yaxshi portfolio va malumot yozib, xizmatlaringizning narxini belgilasangiz, butun dunyodan mijozlar siz bilan bog‘lanishadi.

“Ustoz AI” — zamonaviy kasblar va fanlarni bepul oʻrgatuvchi sifatli videokurslar platformasi.