O‘zbekistondagi noqulay ob-havo, havo haroratining keskin tushib ketishi bozorlardagi meva va sabzavot narxlarining oshishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda piyozning narxi poytaxtda 10 ming so‘mdan oshib ketgani, viloyatlarda esa 7-8 ming so‘mdan sotilayotgani haqida turli xabarlar tarqaldi. Platina.uz ushbu holatni o‘rganib, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida bozorlardagi narxlar yuzasidan odamlar, sotuvchilar va mas’ullar fikrini bilishga harakat qildi.