Nabiy sollallohu alayhi vasallam suyukli sahobalaridan birini “Аbu Hurayra – mushukchaning otasi” kunyasi bilan ataganlar.
***
Kabsha binti Kaʼb roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
U kishi aytadilar:
“Аbu Qatoda (uyimizga) kirdi. Unga tahorat suvi quyib berdim. Bas, bir mushuk kelib, undan ichdi. U esa idishni engashtirib, unga ichib olishi uchun tutdi. Bas, u oʼziga nazar solayotganimni koʼrdi va:
“Ey birodarimning qizi, ajablanyapsanmi?” dedi.
Men:
“Ha”, dedim.
U:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Аlbatta, u (mushuk) najas emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardandir”, deganlar, dedi” («Sunan» egalari rivoyat qilganlar).
Dinimizda mushukka alohida eʼtibor beriladi. Paygʼambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Аlbatta, u (mushuk) najas emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardandir”, deganlar (“Sunan” egalari rivoyat qilganlar).