🕔 Taym-kodlar:
00:00 — Kirish
00:23 — 3d uy modeliga qanday qilib tom yaratish mumkin?
02:29 — Uy tomi devordan necha sm tashqarida joylashtirish kerak?
03:09 — Tomni uchburchak shaklga keltirish uchun instrument
04:37 — Uy rejasi asosida eshik yaratish
06:10 — Eshik romini joylashtirishning yana bir usuli
07:36 — 3ds Max'da eshik yasash
11:40 — Pol yaratish
12:39 — "Ustoz AI" dasturini yuklab, kurs sertifikatiga ega bo‘ling
👨🏫 3ds Max kursi bo'yicha ustoz G‘ayrat Amrilloyev:
— professional arxitekturaviy vizualizatsiya sohasida 7 yillik tajribaga ega,
— Fiverr platformasida $40,000 dollar foyda qilgan,
— 20 dan ortiq davlatlar bilan birgalikda ish yuritgan.
📐 3ds Max va arxitekturaviy vizualizatsiya
Arxitekturaviy vizualizatsiya – bu mijozlarga loyiha yoki bino dizaynini 3D ko‘rinishda oldindan ko‘rsatishdir. Bu sohani maktab o‘quvchilari ham o‘rganib, yaxshi mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Bu yo‘nalish exterior, interior, landshaft dizayni kabi turli sohalarga bo‘linadi. Vizualizatorlar oyiga 2000-3500 dollar daromad topishi mumkin. O‘rtacha 1000-1500 dollar qiymatidagi kompyuter kerak bo‘ladi.
💸 Fiverr.com platformasi
Fiverr platformasida har qanday yoshdagi insonlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z xizmatlarini sotishlari mumkin. Platformada 600 ga yaqin kasblar mavjud va kundan kunga yangilari qo‘shilmoqda. Yaxshi portfolio va malumot yozib, xizmatlaringizning narxini belgilasangiz, butun dunyodan mijozlar siz bilan bog‘lanishadi.
“Ustoz AI” — zamonaviy kasblar va fanlarni bepul oʻrgatuvchi sifatli videokurslar platformasi.