Bu 3D instrument haqida (menimcha) sizga hech kim aytmaydi

Опубликовано: 21 Май 2026
на канале: 3ds Max: arxitektura kursi
11
0

🕔 Taym-kodlar:
00:00 — Kirish
00:17 — Taper instrumenti
02:22 — Obyekt yuzalarini tez belgilash uchun qaynoq klavish
02:42 — Obyektni kichiklashtirish
03:20 — Taper yordamida gumbaz yaratish
03:58 — Taper yordamida monitor shaklini yaratish
05:58 — Taper va simmetriya instrumentlarini birga ishlatish
06:48 — Tesselate instrumenti vazifasi
07:03 — Tesselate yordamida qanday shakllar yaratish mumkin?
07:30 — Obyektga berilgan effekt o‘lchamini o‘zgartirish
08:38 — 3ds Max'da konfet modelini yaratish
09:33 — Futbol to‘pini yaratish
11:03 — TurboSmooth instrumenti vazifasi
12:56 — TurboSmooth instrumentidan qachon foydalaniladi?
13:27 — Amaliy dars: devor chirog‘i yasash
23:33 — "Ustoz AI" dasturini yuklab, testlar yeching

👨‍🏫 3ds Max kursi bo'yicha ustoz G‘ayrat Amrilloyev:
— professional arxitekturaviy vizualizatsiya sohasida 7 yillik tajribaga ega,
— Fiverr platformasida $40,000 dollar foyda qilgan,
— 20 dan ortiq davlatlar bilan birgalikda ish yuritgan.

📐 3ds Max va arxitekturaviy vizualizatsiya
Arxitekturaviy vizualizatsiya – bu mijozlarga loyiha yoki bino dizaynini 3D ko‘rinishda oldindan ko‘rsatishdir. Bu sohani maktab o‘quvchilari ham o‘rganib, yaxshi mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Bu yo‘nalish exterior, interior, landshaft dizayni kabi turli sohalarga bo‘linadi. Vizualizatorlar oyiga 2000-3500 dollar daromad topishi mumkin. O‘rtacha 1000-1500 dollar qiymatidagi kompyuter kerak bo‘ladi.

💸 Fiverr.com platformasi
Fiverr platformasida har qanday yoshdagi insonlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z xizmatlarini sotishlari mumkin. Platformada 600 ga yaqin kasblar mavjud va kundan kunga yangilari qo‘shilmoqda. Yaxshi portfolio va malumot yozib, xizmatlaringizning narxini belgilasangiz, butun dunyodan mijozlar siz bilan bog‘lanishadi.

“Ustoz AI” — zamonaviy kasblar va fanlarni bepul oʻrgatuvchi sifatli videokurslar platformasi.