Rossiyaning "SSSRni tiklash" ambitsiyalariga qarshi kurashish kerak

Опубликовано: 17 Октябрь 2024
на канале: Eltuz
16,356
716

Prezident Mirziyoev 12 yanvar kuni Havfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida o‘zbek mediyasi uchun milliy kontent yaratish zarurati haqida gapirdi.

«Biz O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratishni o‘z qo‘limizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baho bermas ekanmiz, bu ishlarni xorijdan turib amalga oshirilishiga imkon yaratib beramiz. Chunki odamlardagi yangilik, tahliliy ma'lumotlar, real voqealarga ehtiyojni biz to‘ldirmas ekanmiz, buni boshqalar qiladi. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi» dedi prezident

Prezident nutqini tahlil qilgan o‘zbekistonlik tahlilchi Yuliy Yusupovning fikriga ko‘ra, “buni boshqalar qiladi” emas, balki yigirma yildan ziyod vaqt davomida qilib kelishmoqda.