Toshkent davlat agrar universitetida "ZAMIN YULDUZLARI" ko'rik tanlovi davom etmoqda

Опубликовано: 11 Апрель 2026
на канале: TIPU Masofaviy ta'lim
265
2

O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida “ZAMIN YULDUZLARI” ko‘rik-tanlovi Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkazildi. Tadbirda O'zbekiston "Agrar soha ayollari" uyushmasi raisi A.Axmedjanova, Universitet birinchi prorektori S.Islamov, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Koʻrik tanlovda talaba-qizlar 4 ta shart boʻyicha bellashib faxrli 1-,2-,3-o‘rinni egallagan talaba-qizlar:
1-o‘rin Otaxonova Lobar Jonibek qizi - 1 500 000 soʻm
2-o‘rin Ro‘zimboeva Aziza Murod qizi - 1 000 000 soʻm
3-o‘rin Anvarjonova Sevinchxon Zamonjon qizi - 500 000 soʻm miqdorida pul mukofoti, qolgan ishtirokchilar nominatsiyalar boʻyicha diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.