Bolajonlar uchun pishloqli bulochka
✅ Kerakli masalliqlar:
200 ml iliq sut
4 osh qoshiq yog'
1 chimdim tuz
2 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq un
1 osh qoshiq droja
1 ta tuxum
500 g atrofida un
1 choy qoshiq vanilin
4-5 osh qoshiq eritilgan sariyog' yoki o'simlik yog'i
100-150 g eriydigan pishloq
Tepasiga surishga tuxum sarig'i
🔹 Tayyorlanishi:
Iliq sutga yog', tuz, shakar, droja va unni solib tepasini yopib 5 daqiqaga oshirishga olib qo'yamiz.
Keyin olib tuxum solib aralashtiramiz. Unimizni oz-ozdan solib xamir qoramiz. Orada un bilan vanilin ham qo'shib yuboramiz. Xamirni 1 soatga oshirishga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni videodagidek o'rtacha qalinlikda yoyib ustidan o'simlik yog'i yoki eritilgan sariyog' suramiz. Qirg'ichdan o'tkazilgan yaxshi eriydigan sariyog'ni bir tekis qilib sepamiz. Orasida havo qoldirmasdan zich qilib rulet shaklida o'raymiz. Bir necha bo'laklarga bo'lib xuddi videodagidek qilib biroz ezib shakl beramiz.
Pergament solingan gaz patnisiga terib 180° qizigan duxovkada 15 daqiqa ushlaymiz. Keyin olib ustiga tuxum sarig'i surib yana 15 daqiqaga duxovkaga yuboramiz.
Mazzali pishloqli bulochkalarimiz dasturxonga tortilishga tayyor!🥯🥯🥯
Yoqimli ishtaha💖