#shirinlik
Tvorogli "Ponchik"
✅Kerakli masalliqlar:
Un 500-600 gr
Tvorog 400 gr
Shakar 100 gr
Tuxum 3 dona
Razrexlitel 1 choy qoshiq
Tuz bir chimdim
🔹️Tayyorlanishi:
Idishimizga tvorog, shakar, tuxum va tuzni solib, yaxshilab aralashtiramiz. Oz-ozdan un va razrexlitel solib yumshoq xamir qoramiz.
Xamirimizni o'rtacha ingichkalikda yoyib, istagan qolipchamiz bn kesib olamiz.
Qizib turgan yog'da birin ketin tillarang bo'lguncha qovurib olamiz.
Yumshoq bo'lib pishib chiqadigan yeguligimiz tayyor.
Yoqimli ishtaha💖