3D deraza yasash aslida oson

Опубликовано: 21 Май 2026
на канале: 3ds Max: arxitektura kursi
76
1

🕔 Taym-kodlar:
00:00 — Kirish
00:30 — Deraza yasash uchun birinchi qadam
00:50 — Deraza yasash uchun kerakli instrument
01:22 — Deraza uchun kerakli qovurg‘alarni joylashtirish
03:40 — Garajning 3d modelini yasash
06:06 — Garaj eshigini yashash
08:01 — Balkon eshigini yasash
09:15 — Eshik romini yasash uchun instrument
13:14 — Oyna modelini yasash
17:39 — Amerika uy chizmasidagi deraza romlari farqi
18:29 — Bir yo‘nalishdagi obyketlarni oson belgilash
21:11 — Amerikadagi uylar derazasi qanday joylashgan?
22:30 — Derazaning pastki romini yasash
23:32 — Balkon 3d modelini yaratish
27:45 — "Ustoz AI" dasturini yuklab, testlar yeching

👨‍🏫 3ds Max kursi bo'yicha ustoz G‘ayrat Amrilloyev:
— professional arxitekturaviy vizualizatsiya sohasida 7 yillik tajribaga ega,
— Fiverr platformasida $40,000 dollar foyda qilgan,
— 20 dan ortiq davlatlar bilan birgalikda ish yuritgan.

📐 3ds Max va arxitekturaviy vizualizatsiya
Arxitekturaviy vizualizatsiya – bu mijozlarga loyiha yoki bino dizaynini 3D ko‘rinishda oldindan ko‘rsatishdir. Bu sohani maktab o‘quvchilari ham o‘rganib, yaxshi mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Bu yo‘nalish exterior, interior, landshaft dizayni kabi turli sohalarga bo‘linadi. Vizualizatorlar oyiga 2000-3500 dollar daromad topishi mumkin. O‘rtacha 1000-1500 dollar qiymatidagi kompyuter kerak bo‘ladi.

💸 Fiverr.com platformasi
Fiverr platformasida har qanday yoshdagi insonlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z xizmatlarini sotishlari mumkin. Platformada 600 ga yaqin kasblar mavjud va kundan kunga yangilari qo‘shilmoqda. Yaxshi portfolio va malumot yozib, xizmatlaringizning narxini belgilasangiz, butun dunyodan mijozlar siz bilan bog‘lanishadi.

“Ustoz AI” — zamonaviy kasblar va fanlarni bepul oʻrgatuvchi sifatli videokurslar platformasi.