Куриный шашлык 😋💖

Опубликовано: 10 Июнь 2026
на канале: Vkusno By Seva
127,788
3.1k

Uy sharoitida tovuqli shashlik

✅Kerakli masalliqlar:
1kg tovuq qanoti
2 osh qoshiq tomat
100ml kefir yoki qatiq
Ta'bga ko'ra 1 choy qoshiq
tuz, murch va aralash ziravor
2ta zubchik chesnok
1ta kichkina bog' timyan
0,5ta limon suvi
100ml salat yog'i

Dekori uchun:
Qizil piyoz
Pomidor cherry yoki kichkina pomidorcha
Qizil balgarskiy
Dunganskiy qalampiri

🔷️Tayyorlanishi: Tovuq qanotlarini teng ikkiga bo'lvolamiz. Alohida idishga marinovkasi uchun kefir, tomat, ta'bga ko'ra tuz, aralash ziravor, murch, maydalangan chesnok, bog'idan ajratilgan timyan bo'lakchalari, salat yog'i va limonni suvini siqib solamiz va tovuq qanotlarimizni ustiga solib, yaxshilab marinovka qilib aralashtirib tashimiz.
Ustini strechlab 1kunga marinovka qilib olib qo'yamiz.
1kun marinovka bo'lgandan keyin tovuq qanotlarimizni xuddi videoda ko'rsatilgandek sixlab chiqamiz.
Pergamentli listga chiroyli qilib terib, 180gradusda 25-30minut duxovkaga yuvoramiz.
Yonidegi garnierlari uchun xuddi videoda ko'rsatilgandek pomidor, qizil piyoz, qizil balgarskiy, dunganskiy qalampirni sixlab, olovda yondirvolamiz.
Dekori uchun chiroyli idish tanlab, tegiga lavash xamiri, garnieri va tovuq qanotlarimizni suvlarini solib, tovuq qanotlarimizni terib chiroyli qilib dasturxonga tortamiz.
Mazasiga gap bo'lishi mumkunmas🤤
Yoqimli ishtaha💖