OLIY TA'LIMDAGI YANGILIKLAR VA O'ZGARISHLAR HAQIDA BA'TAFSIL

Опубликовано: 05 Апрель 2026
на канале: Kunuz News
12,187
96

Yangi o‘quv yilidagi yangiliklar: Barcha talabalar uchun bir xil stipendiya, faol talabalar rektor tavsiyasi bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Qat'iylashtirilgan 400 ming so‘mlik stipendiya davlat budjeti asosida o‘qiydiganlar uchun ham, kontraktda o‘qiydiganlar uchun ham joriy etiladi. «4» va «5» bahoga o‘qigan davlat budjeti asosidagi talabalar uchun davlat budjeti hisobidan 50 foizgacha rag‘batlantiruvchi mablag‘ ajratiladi. Kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar «4» va «5» baholarga o‘zlashtirgan taqdirda esa ularga Oliy ta'lim muassassida tashkil etiladigan fond hisobidan 50 foizgacha miqdorida rag‘batlantiruvchi mablag‘ ajratiladi.