TMR Dars rejasini Import qilish bo'yicha yo'riqnoma

Опубликовано: 28 Июнь 2026
на канале: eMaktab | Rasmiy kanal
7,192
34

TMRni "Metodik yordam" bo‘limidan fan jurnaliga import qilish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:

1. Yuqori o‘ng burchakda, F.I.SH. yonida "Yordam" tugmasini bosing.
2. Qidiruv maydoniga "Dars rejasini import qilish" deb yozing va tegishli maqolaga o‘ting.
3. Maqola oxirida jurnalga TMRni import qilish uchun biriktirilgan shablonni yuklab oling.
4. Yuklab olingan shablonni oching.
5. Emaktab sahifasiga o‘ting va "Metodik yordam - TMR" bo‘limini oching.
6. Filtrlardan foydalanib kerakli TMRni tanlang va uni kompyuteringizga saqlang.

TMRni jurnalga import qilishda xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun:

1. Kompyuteringizda ikkita faylni oching: "Metodik yordam" bo‘limidan yuklab olingan KTP (fayl №1) va maqoladan yuklab olingan shablon (fayl №2).
2. Fayl №1 da dars raqamlari va mavzularini belgilang va nusxa oling.
3. Nusxa olingan ma'lumotlarni fayl №2 ga joylashtiring.
4. Shablondagi uyga vazifalarni o‘chirib tashlang yoki o‘zingiz qo'lda uy vazifalar kiriting.
5. Fayl №2 ni kompyuteringizga saqlang.

Tayyor faylni jurnalga import qilish uchun:

1. Fan jurnalini oching.
2. "Dars rejalashtirish" bo‘limida "Import - Fayldan import qilish" tugmasini bosing.
3. Saqlangan fayl №2 ni yuklang.
4. Import parametrlari ko‘rsatilgandan so‘ng, "Import qilish" tugmasini bosing.