3D balkonga fasad qilish aslida oson

Опубликовано: 24 Май 2026
на канале: 3ds Max: arxitektura kursi
18
1

🕔 Taym-kodlar:
00:00 — Kirish
00:27 — Balkon yaratishda edge instrumentidan foydalanish
01:07 — Tayyor balkonni devorga yopishtirish
02:09 — QuickSlice instrumenti bilan devorni to‘g‘rilash
04:43 — Kesilgan, ochiq devorlarni birlashtirish uchun instrument
06:10 — 3ds Max'da alohida oynadan orqaga qaytish uchun klavish
06:35 — Uy rejasi chizmasini uy modeliga moslash
07:40 — Yasalgan devor chizmaga mos tushmasa, qanday to‘g‘rilanadi?
09:20 — Eksteryer dizaynda 1 smga adashish katta xatolikmi?
09:30 — Derazaga moslab devorni kesib olish
12:03 — Devorni shaklini o‘zgartirmasdan joylashuvini o‘zgartirish uchun instrument
13:18 — Devorning ochiq qismini to‘ldirish uchun instrument
13:36 — Border bo‘limidagi cap instrumentidan devor uchun foydalanish
14:04 — Extrude bilan devor yasash
14:50 — Cap instrumenti bilan ochiq devorni yopsa bo‘ladimi?
15:30 — Cap instrumentidan to‘g‘ri foydalanish
16:25 — Balkon polini yaratish
17:22 — Polga oson balandlik qo‘shish
18:30 — Balkon arkasini devor ichkarisiga joylashtirish
20:00 — Ko‘p qavatli uy loyihasini bajarayotganda bu xatoni qilmang
20:56 — Devorni ichkariroqqa joylashtirish
24:45 — Oldingi darslarda yasalgan panjarani balkonga joylashtirish
26:20 — Panjarini 90° ga aylantirish
26:41 — Panjaraning barcha qismlarini birlashtirish
27:41 — Panjarani devorning yuzasiga yopishtirish
28:37 — Panjarani balkon o‘lchamiga moslash uchun instrument
30:03 — FFD instrumentidan balkon uchun foydalanish
30:40 — O‘zgartirishlar qilgandan keyin buni bosishni unutmang
31:05 — "Ustoz AI" dasturini yuklab, testlar yeching

👨‍🏫 3ds Max kursi bo'yicha ustoz G‘ayrat Amrilloyev:
— professional arxitekturaviy vizualizatsiya sohasida 7 yillik tajribaga ega,
— Fiverr platformasida $40,000 dollar foyda qilgan,
— 20 dan ortiq davlatlar bilan birgalikda ish yuritgan.

📐 3ds Max va arxitekturaviy vizualizatsiya
Arxitekturaviy vizualizatsiya – bu mijozlarga loyiha yoki bino dizaynini 3D ko‘rinishda oldindan ko‘rsatishdir. Bu sohani maktab o‘quvchilari ham o‘rganib, yaxshi mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Bu yo‘nalish exterior, interior, landshaft dizayni kabi turli sohalarga bo‘linadi. Vizualizatorlar oyiga 2000-3500 dollar daromad topishi mumkin. O‘rtacha 1000-1500 dollar qiymatidagi kompyuter kerak bo‘ladi.

💸 Fiverr.com platformasi
Fiverr platformasida har qanday yoshdagi insonlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z xizmatlarini sotishlari mumkin. Platformada 600 ga yaqin kasblar mavjud va kundan kunga yangilari qo‘shilmoqda. Yaxshi portfolio va malumot yozib, xizmatlaringizning narxini belgilasangiz, butun dunyodan mijozlar siz bilan bog‘lanishadi.

“Ustoz AI” — zamonaviy kasblar va fanlarni bepul oʻrgatuvchi sifatli videokurslar platformasi.