Tuhumli Mini Kotletlar / Мини Котлеты с Яйцом. Egg Kabab

Опубликовано: 14 Апрель 2026
на канале: PAZANDA. UZ
17,942
430

TELEGRAM kanalimiz manzili👇👇
https://t.me/PazandaDilafruz

INTAGRAM sahifamizni 👉 @pazanda.uz_dilafruz deb qidiring

PRINCESS RAVSHANOY kanalimizga ham obuna bo’lishni unutmang 🤗👍👇
   / @princessravshanoy2168  
“”””””””””””””””””””""""””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””””
Assalomu alaykum!
Bugun juda oson tayyorlanadigan Tuhumli Mini Kotletlar tayyorlaymiz!

400-500 gr yogli qiyma
2 bo’lak non(katta bolsa 1 bo’lak)
1 ta piyoz
Yarim st sut
Tuz, murch
Ziravorlar
3-4 ta Qaynatilgan tuhum

Ustiga qoplash uchun:
2 ta tuhum
1-2 st non talqoni
Ozroq un
Tuz, murch

Nonni sutga ivitib qo’yamiz.
Qiymaga mayda qirgichdan chiqarilgan piyoz, ivitilgan non (sutini siqib yuboramiz), tuz, murch, zira, 50 ml sut solib yaxshilab aralashtiramiz. Idishga bir necha marta qattiq qattiq urib, qiymani yaxshilab pishitamiz.
Qaynatilgan tuhumni uzunasiga 4 ga bo’lib olamiz. Qiymani orasiga bir bo’lak tuhum qo’yib uzunchoq kotlet shaklini beramiz. 1 soat muzhonada ustini biroz qotirib olamiz(judayam qotib ketmasin).
3 ta alohida idishlarga tuhum, talqon, unni solib qo’yamiz. Tuhumga ozroq tuz, murch 2-3 qoshiq sut solamiz.
Muzhonadan kotletlarni olib avval unga, keyin tuhumga, oxirida talqonga botirib olamiz.
Tovaga yoki qozonga ko’proq yog’ quyib, o’rtadan balandroq olovda kotletlarni hamma tomonini qizartirib qovuramiz. Yoqimli ishtaha!

Kanalni do’stlaringiz bilan ham ulashing👇👇👇

https://t.me/PazandaDilafruz