#Web_dasturlash #diyorbek_tolipov #FrontEnd
Kitobni yuklab olish --( https://t.me/compyuteruz/1359 )
HTML (Hyper Text Markup Language – gippermatnni belgilash tili) tilida(umumiy holda til deyilmoqda, aslida dasturlash tili emas) yozilgan hujjat deb qaraladi. Bu holda yozilgan hujjatlarni ko’rish uchun maxsus dasturlar ishlatiladi. Bunday dasturlar Browser lar deyiladi. Brouzerlar gippermatnli(kodli) sahifalarni foydalanuvchi tushunadigan tilga o’zgartirib beradi. Bu dasturlarning bir qancha turlari mavjud. Xususan ulardan ko’p ishlatiladigani Internet Explorer, Opera, Xrom, Mozilla va boshqalardir. O’z navbatida bu Browser lar ham o’z versiyalariga ega. Windows muhitida standart ishlatiladigan Browser bu Internet Explorer dir. Hujjatni barcha kompyuterlar tushunadigan holda ko’rsatish uchun kompyuterlarning tushunadigan yagona tilini bilish lozim bo’ladi. Shu sababli World Wide Web da qo’llaniladigan HTML tili barpo etildi. Ushbu tilni birinchi bo’lib Tim Berners-Li ishlab chiqdi.
#teglar#
#Html ni o'rganish #0 dan sayt yaratish #frontenddasturlash #backenddasturlash #cssni o'rganish
WWW sistemasidan qandaydir hujjat yoki xabar olsangiz, ekranda yaxshi formatlangan, o’qish uchun qulay matn paydo bo’lganligini ko’rasiz. Bu shuni anglatadiki, www hujjatlarida ma’lumotlarni ekranda boshqarish imkoniyati ham mavjud. Siz foydalanuvchining qaysi kompyuterda ishlashini bilmaysiz va www hujjatlar aniq bir kompyuter platformalariga mo’ljallangan yoki qaysidir format bilan saqlanishini oldindan ayta olmaysiz. Ammo kompyuterda ishlayotgan
foydalanuvchi qaysi terminalda ishlashidan qat’i nazar yaxshi formatlangan hujjatni olishi kerak bo’ladi. Bu muammoni HTML andoza tili hal qiladi. U hujjatning tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab bo’lmagan buyruqlar majmuidan iborat. HTML WWW sistemasi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML tili biz bilgan C++, Java va boshqa dasturlash tillari kabi to’g’ri ma’nodagi dasturlash tili hisoblanmaydi. HTML yordamida operastion tizimlarda ishlaydigan to’laqonli dastur yoza olmaymiz(html da for, if, while kabi buyruqlar yo’q). HTML bu Internet tarmog’idagi Web – serverida joylashtirilgan hujjatlarni ko’rish imkoniyatini beradigan sahifalar yaratishga mo’ljallangan gipermptnni belgilash tili hisoblanadi. HTML gippermatn tilidagi buyruqlar teg (tag) lar deyiladi. Har bir tegning o’z vazifasi bo’lib, matn va boshqa ma’lumot turlarini foydalanuvchiga qulay shaklda etkazish uchun xizmat qiladi. Bu gippermatn tilining ham o’z versiyalari mavjud, chiqariladigan har bir versiyada HTML gippermatn tiliga yangi teglar qo’shilib boriladi va shu tariqa rivojlanib boradi.
HTML5 dan yangiliklar Hozirgi kunga kelib web texnologiya juda katta tezlikda rivojlanib bormoqda. Har kuni yangi saytlar butun olam o’rgimchak to’risiga qo’shib borilmoqda(shu qatorda ko’p saytlar o’z ishini yakunlamoqda). Saytlarning asosini html gippertekst tili tashkil etadi. Ko’p yillar davomida sayt yaratuvchilar(taxminan 10 yil) html 4 dan foydalanrib kelishgan. 2004 yilda esa yirik kompaniyalar(Apple, opera, Mozilla) birlashib yangi guruh hosil qilishdi va bu guruhni WhatWG(Web Hypertext Application Technology Working Group) deb nomlashdi. So’ng bu guruhga W3C (World Wide Web Consortium) ham kirib keldi va yangi html 5 ni ishlab chiqarishni boshlashdi. HTML 5 da flash pleyerlar o’rnini teglar egalladi va sayt strukturasi uchun alohida teglar qo’shildi. 18 yanvar 2011 yilda HTML 5 logotipi yaratildi va 2011 yil 1 aprelda ommaga taqdim etildi. HTML 5 ning ba’zi bir teg va atributlari haqida to’xtalib o’tamiz:
Sayt strukturasini yaratishda asosan biz div tegidan yoki jadvallardan foydalanamiz. Saytning qismini div orqali ajratamiz. HTML 5 da esa sayt strukturasi uchun alohida teglar yaratilgan. Bu teglar quyidagilar: header - sahifa nomi uchun teg. footer - saytning eng pastki qismi(подвал) uchun zarur bo’lgan teg. Asosan bu tegning ichiga “copyright” kabi ma’lumotlar yoziladi.
nav - sayt navigastiyasi uchun teg. aside - asosan sekstiyalar (o’ng yoki chap menyular) yaratish uchun ishlatish mumkin bo’lgan teg. section - Sahifadagi asosiy ma’lumotlarini chiqarish uchun. article - Yangiliklar, kommentariyalar, maqolalarning kontentlarini chiqarish uchun. Bu teglarni kerakli joylarda to’g’ri ishlatish sayt strukturasini tushunarli(tartibli) bo’lishiga olib keladi. Hozirgi kunda saytlarni formalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, ya’ni formalar saytlarning asosi bo’lib qolgan. Formalar asosan ro’yxatdan o’tishda, kommentariyalar yozishda, qandaydir blankalarni to’ldirish jarayonida zarur bo’ladi. Foydalanuvchilar formalarni to’latib, serverga jo’natish jarayonida kiritilgan ma’lumotlarning to’liqligi va to’g’riligini tekshirish uchun alohida skriptlar yoziladi. HTML5 da yangi Web Forms 2.0 nomli formalar bilan ishlash uchun tartib qoidalar ishlab chiqilgan. Yangi required va email nomli atributlar orqali avtomat tarzda foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar tekshiriladi.