Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ish boshlaganiga 25 yil bo‘ldi. 1993-yilda qurilishi boshlanib, 1997-yilda foydalanishga topshirilgan zavodda o‘tgan chorak asr mobaynida 41 mln tonnadan ortiq uglevodorod xomashyosi qayta ishlangan. Zavod tashkil etilganida 7 turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning turi 20dan oshdi.