Bolalar ovqati monopoliyalarga tegishlimi? - tanga.uz surishtiruvi

Опубликовано: 03 Июль 2026
на канале: tangauz
2,087
162

Infografikalar va batafsil ma'lumotlar tanga.uz maqolasida - https://tanga.uz/news/1052

Ma'lumotlarga havola - https://docs.google.com/spreadsheets/...

2025-yilning sentyabr-oktyabr oylarida O‘zbekistonning turli hududlaridagi davlat bolalar bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi holatlari qayd etildi.

Eng yirik zaharlanish holatlari sentyabr oyida Toshkent viloyatida yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Piskent, Bo‘ka, Bekobod, Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlarida mingdan ortiq tarbiyalanuvchilarning ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatilgan. Yuzlab bolalar kasalxonaga yotqizildi, jinoiy ish qo‘zg‘atilti va oziq-ovqat bilan ta’minlashda ishtirok etgan kompaniyalar vakillari hibsga olindi.

Ushbu voqealar turli hududlarda va turli vaqtda sodir bo‘lgan. Bu voqealar davomida ko‘pchilik aynan muammo kuzatilgan hududlarga e’tibor qaratdi: kim ovqat yetkazib bergan? qaysi ovqat? rahbar kim? Boshqa bir ko‘zga ko‘rinmas, lekin muhim masala esa qolib ketdi: ovqat yetkazib beruvchilar qanday tanlangan?