O`zbekiston tarixi muzeyidagi nodir artefaktlardan biri ikki boshli ilon tasviri tushirilgan tumor eksponati. Toshdan yasalgan, har xil rangli marvaridlar bilan zeb berib ishlangan bu g‘aroyib buyumni ba’zi tarixchilar insonning mo‘l-ko‘lchilikka, suvga bo‘lgan ehtirom ramzi, ya’ni ilon tasviri boylik, suvning ko‘p bo‘lishiga ishora deb baholashsa, boshqa qadimshunoslar bu tasvir davlatchilik belgilaridan biri, deb xulosa chiqaradilar. 3,5-4 ming yil avval yaratilgan bu nodir buyum qanday ramzlarga ega bo‘lmasin, olis ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan. Bu buyumni arxeologlar Farg‘ona vodiysi qishloqlarining biridan topishgan.
Uzbek Tales youtube kanalimizga o`tish uchun
https://www.youtube.com/@uzbektales/v...
#begaliboymatov #uzbektales #birartefakttarixi #ikkiboshliilontumori