Dardlarga davo.Hamma gunoh o'chiriladi

Опубликовано: 04 Сентябрь 2026
на канале: Дуо ислом такво ихйо
8,970
251

Qissa:Bir kuni Axmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh o‘zi yashab turgan shaxardan uzoqroq bo‘lgan mahalla masjidida xufton namozidan keyin tunab qolmoqchi bo‘ldilar. Masjid qavmi Axmad ibn Hanbalni tanimas edi. U kishini masjidda tunab qolishlariga ko‘nishmadi. Yarim tun, uyiga borolmaydilar. Yo‘l uzoq. Shunda masjid oldidagi novvoydan iltimos qilib, novvoyxonada bomdodgacha tunab qolishga ruxsat so‘radilar. Novvoy rozi bo‘ldi. Axmad ibn Hanbalnovvoyning xamir olib non yopishini kuzatdilar. Novvoy doim nafsini tergab turadigan va nafsini poklashga e'tibor beradigan soleh banda edi. U xamr olib non yopgunga qadar istihfor aytishdan to‘xtamadi. Buni ko‘rib Axmad ibn Hanbal novvoyga: «Mana shu ishingni samarasini ko‘rdingmi?», dedilar.

U: «Ha! Doim nafsimni tergab istihfor aytib yurishimning samsrasini ko‘rdim. Men Allohga qaysi duoni qilgan bo‘lsam hammasini ijobat qildi, faqat bitta duo ijobat bo‘lmadi», dedi. Axmad ibn Hanbal: «Ijobat bo‘lmay qolgan duo qanday duo?», deb so‘radilar.

Novvoy: «Axmad ibn Hanbal bilan uchrashishni so‘raganman, lekin ijobat bo‘lmadi», dedi. Shunda Axmad ibn Hanbal kulib: «Duoing ijobat bo‘libdi o‘g‘lim. Men o‘sha Axmad ibn Hanbalman», degan ekanlar.



Istig‘for – barcha yaxshiliklarning boshi, barcha dardlarning davosi .
Payg‘ambar (s.a.v)ning o‘zlari, gunohlardan mutlaqo xoli zot bir kunda 100 marotaba tavba qilib, Allohga istig‘for aytishlarini o‘zlari bizlarga hadisi shariflarida bayonini berganlar. Shundoq ekan barchamiz istig‘forga muhtojmiz. 

Alloh taolo Qur'oni Karimda “Bas, Robbingizga istig‘for ayting, albatta, U gunohlarni ko‘plab mag‘firat qiluvchidir, dedi. (U Zot) osmondan ustingizga ketma-ket baraka yomg‘irini yuboradi. Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradi va sizlarga bog‘u rog‘lar hamda anhorlarni beradi”, degan ( Nuh  surasi, 10-12 oyat).

Imom Abul Barakot Nasafiy o‘zlarining “Madorik”nomli mashhur tafsirlarida ushbu oyati karimaning tafsiriga quyidagi qissani keltiradilar: Hazrati Imom Hasan Basriy o‘z davrlarida bir guruh kishilar bilan suhbatlashib o‘tirganlarida bir odam kelib, qurg‘oqchilikdan shikoyat qilibdi. Hazrati Imom Hasan Basriy “Istig‘for aytinglar”, deb maslahat beribdilar. Ikkinchisi kelib, kambag‘allikdan, uchinchisi farzandsizlikdan va hokazo shikoyatlar qilibdilar. Ularning barchalariga “Istig‘for aytinglar” degan maslahatni beribdilar. Shunda suhbatdoshlardan Robiy' ibn Subayh hazrati Hasan Basriyga murojaat qilib: “Ey Imom, sizga turli kishilar turli narsalardan shikoyat qildilar, siz esa hammalariga bir xil javob berdingiz, buning boisi nedur?” debdi. Hazrati Imom bu savolning javobiga yuqorida keltirilgan oyatlarni o‘qib beribdilar.Mazkur oyatda istig‘for va rizqlarning bir-biriga bog‘liqligiga ishora qilinmoqda.




Alloh taolo o‘z oyati karimasida go‘yoki Payg‘ambarimiz alayhissalomga aytadi: “Siz ummatlaringizning ichida bo‘lganingiz holatda Alloh ularni jazolamaydi. Va modomiki ular istig‘for aytib turar ekanlar Alloh ularni azoblaguvchi bo‘lmaydi”, deb marhamat qiladi.

Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom “Gunoh qilgan har bir musulmon yaxshilab tahorat qilib, ikki rak'at namoz o‘qib, so‘ngra istig‘for aytsa, albatta, Alloh uni kechiradi”, deganlar.

Alloh taolo Niso surasida “Kim bir yomonlik qilsa yoki o‘ziga zulm etsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohni ‎Allohni mag‘firatli va rahimli Zot topadir" degan 110-oyat