Oʻzbekiston Respublikasining London shahridagi elchixonasida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi va Varvik universiteti (University of Warwick) oʻrtasida kelishuv imzolandi.
Unga koʻra kelasi yildan ingliz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kurslari xamda gʻoliblari Buyuk Britaniyaga 4 haftalik malaka oshirish kurslariga yuboriladigan yangi tanlov tashkil etilishi koʻzda tutilgan.