LIMFA AYLANISHI | ЛИМФА АЙЛАНИШИ.

Опубликовано: 25 Май 2026
на канале: BIOLOG UZ
21,954
217

LIMFA AYLANISHI | ЛИМФА АЙЛАНИШИ.
KANALIMIZGA OBUNA BO'LING:
   / @biologuz  
Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!
👍Layk tugmasini bosishni unutmang !
🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring...
Kuningiz xayrli o‘tsin!
Hurmat ila BIOLOGUZ
►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog
►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ:   / uzbiolog  
►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti.
#limfa #uzbiolog #biologuz #limfahaqida
Limfa aylanishi - Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari ham mavjud bo'lib, ular bo‘ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa sistemasi limfa kapillyarlari, mayda, o'rtacha, yirik limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi shundaki, limfa tomirlari a’zo va to'qimalarga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi. Chunonchi, mayda qon tomirlari, ya’ni kapillyarlardan to'qimalarga o'tgan qonning suyuq qismi (suv va ba’zi bir erigan moddalarining ortiqchasi to'qimalardan limfa kapillyarlariga o'tadi. Limfa kapillyarlari bir-biriga qo'shilib, mayda, o'rtacha va yirik limfa tomirlarini hosil qiladi. Oyoqlardan, qorin bo'shlig'idagi organlardan, ko'krak, bo'yin va boshning chap tomonidan hamda chap qo'ldan yig'ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik kо‘krak limfa tomirini hosil qiladi va u chap o'mrov osti vena tomiriga quyiladi. Boshning, bo'yinning, ko'krak qafasining o'ng tomonidan va o'ng qo'ldan yig'ilgan limfa tomirlari birlashib,yirik о ‘ng limfa tomirini hosil qiladi va u o'ng o'mrov osti-vena tomiriga quyiladi. O'mrov osti venalari yuqorigi kovak- venaga birlashib, yurakning o'ng bo'lmasiga quyiladi. Limfa tomirlari o'z navbatida tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari orqali o'tadi. Limfa suyuqligidan mikroblar va organizmga yot moddalar limfa tugunlarida ushlanib qoladi. Limfa tugunlarida hosil bo'lgan limfositlar limfa tomirlariga o’adi. Limfa tugunlari deyarli hamma- ichki organlarning darvoza qismida bo'ladi. Bundan tashqari, ular boshning ensa qismida, bo'yinda, jag'- ostida, qo'ltiq ostida, qovuq sohasida va boshqa joylarda ham bo'ladi. Odam tanasida 460 taga yaqin limfa tugunlari bor.
Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo'lib o’rtacha 1-2 L limfa suyuqligi bo'ladi. Bir kecha-kunduzda 1200-1500 ml limfa suyuqligi limfa tomirlaridan vena qon tomirlariga quyiladi. Buning o'rniga to'qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo'lib turadi. Jismoniy mehnat-va sport bilan shug'ullanganda tanadagi muskullarning ko'p harakatlanishi va kuchli qisqarishi tufayli to'qimalardagi ortiqcha suyuqlik limfa kapillyariga o'tadi; natijada limfa suyuqligi hosil bo'lishi ko'payadi. Aksincha, kishi kam harakatlanganda, shuningdek, yurak, buyrak, jigar kasalliklarida to'qimalardagi suyuqlikning limfa tomirlariga o'tishi kamayadi va buning oqibatida tananing turli qismlarida-oyoqlarda, qorinda jigarda, bel- dumg'azada shish paydo bo'ladi. Tananing yuza qismlarida joylashgan limfa tugunlari odamning har xil kasalliklarida o'zgaradi va ularning o'zgarishi kasallikni aniqlash uchun muhim belgi hisoblanadi. Masalan, tomoq, tish og'riganda, ulardagi mikroblar limfa suyuqligiga o‘tib, limfa tomirlari orqali jag‘ osti va bo‘yindagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig'lantiradi. Buning natijasida bezlar kattalashadi va og'riydi. Qo'lning jarohatlanishi natijasida yiringli yara paydo bo'lganida, undagi mikroblar limfa tomirlari orqali tirsak bo'g'imi atrofidagi va qo'ltiq ostidagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig'lantirishi natijasida bu bezlar kattalashadi va og'riydi. Demak, tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari kattalashganda va og'riganda shifokorga murojaat qilish kerak. Taloq. Bu ichki a’zo bo'lib, funksiyasi jihatidan limfa sistemasiga yaqin turadi, ya’ni taloqda limfositlar hosil bo ‘lib, ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Taloq qorin bo'shlig'i chap tomonining yuqori qismida, ya’ni chap qovurg'alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140- 200 g. Yuqorida aytilganidek, taloqda limfositlar hosil bo ‘ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Limfositlar organizmga kirgan mikroblarni yutish va eritish (fagotsitoz) xususiyatiga ega. Demak, taloq organizmning yuqumli kasalliklardan himoya qilish (immunitet) vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, taloqda qonning ortiqcha qismi zahira holda to'planadi, ya’ni u qon deposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga taloqda qonning yashash muddatini o'tagan shaklli elementlari (eritrositlar va leykositlar) parchalanadi. -Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda taloqda limfositlar hosil bo'lishi ko'payadi. Demak, bunda odam organizmining yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immunitet) kuchayadi.