SUN'IY NAFAS OLDIRISH | СУНЪИЙ НАФАС ОЛДИРИШ.

Опубликовано: 03 Август 2026
на канале: BIOLOG UZ
18,018
173

SUN'IY NAFAS OLDIRISH | СУНЪИЙ НАФАС ОЛДИРИШ.
KANALIMIZGA OBUNA BO'LING:
   / @biologuz  
Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!
👍Layk tugmasini bosishni unutmang !
🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring...
Kuningiz xayrli o‘tsin!
Hurmat ila BIOLOGUZ
►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog
►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ:   / uzbiolog  
►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti.
#suniynafasoldirish #uzbiolog #biologuz
Sun’iy nafas oldirish- Birinchi tez tibbiy yordam - Odam shikastlanganda, suvga cho‘kkanda va boshqa og’ir kasalliklarda miyadagi nafas markazining ishi buzilib, nafas to’xtab qolishi mumkin. Bunday vaqtda bemorga yordam berish maqsadida sun’iy nafas oldiriladi.Sun’iy nafas oldirish ikki usulda: «og’izdan-og’izga» yoki «og’izdan- burunga» usulida amalga oshiriladi. Og‘izdan-og‘izga sun’iy nafas oldirish quyidagicha bajariladi:
1. Bemor tekis joyga chalqancha yotqiziladi. Uning og‘zidagi ko‘pik rezina balloncha yordamida so‘rib olinadi yoki barmoqqa bint o‘rab artib olinadi.
2. Bemorning yelkasi ostiga yupqa yostiq qo’yiladi. So’ngra yor-dam beruvchi odam bir qo’li bilan bemorning bo’ynini orqa tomonidan, ikkinchi qo’l bilan boshining tepa qismidan ushlab, boshini orqa tomonga egadi. Uning tili orqa tomonga ketib, burun-halqumini yopib qo’ymasligi uchun u bir oz oldinga tortiladi va kuzatib turiladi.
3. Bemoming og’ziga ikki qavat bint yopiladi. Yordam beruvchi uning yon tomonida o’tirib, bir qo’lini uning bo’ynini orqa to-monidan o’tkazib, ikkinchi qo‘li bilan uning burnini qisadi. O‘zi chuqur nafas olib, labini bemor labiga qo'yib, bint orqali uning og'ziga bor kuchi bilan puflaydi. Shundan keyin bemorning burnini qisishni to'xtatadi. Shu vaqtda bemorning ko'kragi bir oz shishsa, puflagan havo uning o'pkasiga borgan bo'ladi. So'ngra yordam beruvchi odam o'zi yoki ikkinchi yordam beruvchi
ikki qo'lining kaftini bemor ko'kragining ikki tomoniga qo'yib bosadi. Shu vaqt uning o'pkasidagi havo tashqariga chiqadi. So'ngra bemorning burnini yana qisib, og'zini og'ziga qo'yib puflashni takrorlaydi. Puflash har 4-5 sekundda takrorlanadi, ya’ni bir minutda 12-15 marta puflanadi va ko'kragini bosib nafas chiqariladi. Agar bemorning yuragi ishlab turgan bo'lsa, to uning o'zi nafas ola boshlaguncha sun’iy nafas oldirish davom.
ettiriladi. Izoh. Bemorning labi yara va tishlari qonagan bo'lsa yoki boshqa sabablarga ko'ra, u og'izdan-burunga usulida sun’iy nafas oldiriladi. Buning uchun bemorning burniga bint yoki ro'molcha yopib, yordam beruvchi uning burniga puflaydi. Bir qo'li bilan bemorning pastki jag'ini ko'tarib, uning og'zini yopib turadi.
Sunʼiy nafas oldirish - sunʼiy yoʻl bilan (maxsus usullar yoki apparatlar yordamida) oʻpkaga havo kiritish va chiqarish, boshqacha qilib aytganda oʻpkaning havo almashtirish funksiyasini tiklash. Mustaqil nafas olish toʻxtaganda yoki buzilganda (nafas yoʻllariga yot jismlar tushganda, is tekkanda, tok urganda, kishi suvga choʻkkanda va boshqa hollarda) qoʻllanadi.

Sunʼiy nafas oldirisho. ekspirator usullar, qoʻl apparatlari — respiratorlar hamda avtomatik respiratorlar yordamida amalga oshiriladi.

Ekspirator usullar apparatsiz ("ogʻizdan ogʻizga", "ogʻizdan burunga", "ogʻizdan ogʻizga va burunga") hamda apparatli usullarga boʻlinadi; apparatli usullarda jabrlanuvchi har xil nafas olibchiqarish naychalari, havo oʻtkazgichlar, ogʻizburun niqoblari va boshqalardan foydalanadi. SilvestrBrosh usuli ham qoʻl bilan bajariladigan, yaʼni apparatsiz usulga kiradi. Ekspirator usullar, shuningdek, qoʻl apparatlari — respiratorlar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilguncha koʻrsatiladigan shoshilinch tibbiy yordamda, koʻpincha statsionar sharoitida ham keng qoʻllanadi. Ular har xil tuzilishdagi ikkita birbiriga tutash moslama — shlang orqali yoki bevosita birlashtirilgan nafas xaltasi yoki meshi va nafas niqobidan iborat.

Avtomatik respiratorlar juda koʻp sonli har xil ixcham va statsionar, jumladan, nafas bilan bogʻliq holatlarni kompyuter orqali boshqaradigan, nafasga olinadigan va chiqariladigan havo aralashmalarini, jabrlanuvchi qonining gaz tarkibini nazorat kilib turadigan va boshqa moslamalardan iborat. Qandayligidan qati nazar, hamma avtomatik respiratorlar umumiy tuzilishga ega. Bularga 1) kislorodning berilish tezligini tartibga solib turadigan moslamasi bor kislorod manbai (kislorodli ballon, markazlashtirilgan kislorod gazli magistral, kislorod konsentratori); 2) kislorodni atrofdagi havo va zarur boʻlganda maxsus gazli aralashma bilan aralashtirib beradigan aralashtirgich; 3) xavo puflash parametrlarini boshqarish mexanizmlari bilan meshni havo yoki gazli aralashmaga toʻldirish moslamasi; 4) nafas niqobi, biriktiruvchi naycha, karbonat angidrid va anestetiklarni konturning teskari qismidagi yutgichdan iborat "nafas konturi" moslamasi kiradi.