Haqiqiy boylik

Опубликовано: 20 Май 2026
на канале: Muhammadali Eshonqulov
197,511
9.7k

Ba'zan bizga nimadir yetishmayotgandek tuyulaveradi.
O'zimizni boshqalar bilan qiyoslab, Xudo bergan taqsimotga ko'pincha norozi bo'lamiz.
Bizga berilgan ne'matlarning qadri haqida chuqur o'ylab ko'rsak, anglaymizki, dunyodagi eng rizqi ulug' va boy inson o'zimiz bo'lib chiqamiz.

Sizga yoqmay turgan ish qaysidir ishsizning orzusi.
Sizga yoqmay turgan ovqat qaysidir och kishining orzusi.
Sizga malol kelayotgan yaqin insoningiz - suyanchig'ini yo'qotgan qaysidir insonning orzusi.
Sizni bezovta qilayotgan kasallik, qancha vafot etgan insonlarni orzusi...

Ne'matning qadri odatda zavolga yetganda bilinadi.
Oqil inson esa ne'mat ichida bo'lib qadriga yetgan insondir.
Ishoning Siz boysiz...