2024 yil avgust oyi uchun TIOBE indeksi eʼlon qilindi va bunda biz Python‘ning Java rekordlarini “taʼqib” qilayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Reyting yetakchisi sanalmish Python dasturlash tili o‘z tarixida birinchi marta 18% lik marrani kesib o‘tdi. Oxirgi marta bunday ko‘rsatkichga 2016 yil noyabrda Java erishgan, bugun u 9,16% natija bilan 4-pog‘onani band etib turibdi. Lekin o‘z vaqtida, aniqrog‘i 2001 yil iyunida Java reyting tarixidagi eng yuqori natijani ko‘rsatgan – 26,49%.
Avgust oyi reytingida ikkinchi o‘rinda turgan S++ tili hozirda Python‘dan 8% ga ortda qolmoqda va pozitsiyalar orasida farq bo‘yicha ham 2016 yil rekordiga yaqinlashib qolindi, o‘shanda Java S dan 9,55% oldinda edi.
Xulosa qilib aytganda, Python‘ning mutlaq yetakchiligini endi inkor etib bo‘lmaydi. Bu ketishda Python dasturlash tarixidagi eng mashhur tilga aylanishiga shubha yo‘q.
Python‘ga yaqin kelishi kutilayotgan til bormi? Rust va Kotlin kabi tillar TIOBE indeksining birinchi 10taligiga tezlik bilan yaqinlashmoqda, ammo ular Python uchun haqiqiy “tahdid”ga aylanishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi, deb fikrini yakunlaydi TIOBE Software bosh direktori Pol Yansen (Paul Jansen)
O‘zbekistonda holat qanday? Qaysi dasturlash tillariga talab katta? Shu savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildik.
"Unicon-Soft" kompaniyasi
Kanalga obuna bo‘ling: / @uniconsoft
Aloqa markazi:
+998712004646
+998712356239
Ijtimoiy tarmoqlarda:
https://telegram.me/uniconsoft
/ uniconsoft
/ unicon_soft
Bizning tizimlarimiz haqida quyida:
@E_huquqshunos_Unicon_soft
@edoijro