QUSHLARNING KELIB CHIQISHI VA UMUMIY TA'RIFI | ҚУШЛAРНИНГ КЕЛИБ ЧИҚИШИ ВA УМУМИЙ ТAЪРИФИ.

Опубликовано: 15 Апрель 2026
на канале: BIOLOG UZ
4,406
44

QUSHLARNING KELIB CHIQISHI VA UMUMIY TA'RIFI | ҚУШЛAРНИНГ КЕЛИБ ЧИҚИШИ ВA УМУМИЙ ТAЪРИФИ.
Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!
👍Layk tugmasini bosishni unutmang !
🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring...
Kuningiz xayrli o‘tsin!
Hurmat ila BIOLOGUZ
►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog
►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ:   / uzbiolog  
►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti.
►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/3dhfRHM - Remix Musiqalar.
#qushlarkelibchiqishi #uzbiolog #biologuz #qushlarumumiytarif
Qushlarning kelib chiqishi va umumiy taysifi- Qushlarning kelib chiqishi ularni sudralib yuruvchilar bilan taqqoslash va qadimgi qushlarning qazilma qoldiqlarini o'rganish bilan aniqlangan. Qushlar bilan sudralib yuruvchilar orasidagi o`xshash belgilar. Qushlar umurtqali hayvonlar orasida sudralib yuruvchilarga ko`proq o'xshash. Bu o`xshashlik quyidagilardan iborat. Sudralib yuruvchilar hamda qushlar terisida bezlar deyarli bo’lmaydi. Sudralib yuruvchilar terisi muguz tangachalar bilan qoplangan, qushlarda bunday tangachalar terining patsiz qismida, masalan, oyoqning pastki qismida. Aslida qushlarning patlari ham muguz moddadan iborat bo`lib, sudralib yuruvchilar tangachalaridan paydo bo’lgan. Har ikkala sinf vakillarining tuxumlari ham sariqlikka boy va yirik Ular embrionining tuzilishi ham o`xshash. Sudralib yuruvchilar va qushlar o`rtasidagi o' xshashlik bu hayvonlarning qon-qarindosh ekanligini ko`rsatadi. Qushlarning sudralib yuruvchilardan farq qiluvchi belgilari. Qushlar bosh miyasi, xususan oldingi miya katta yarim sharlari va miyachasining yirikligi, nafas olish va qon aylanish sistemasining murakkab tuzilganligi, ikki marta nafas olishi, arteriya qonining vena qonidan ajralganligi, tana haroratining doimiyligi bilan sudralib yuruvchilardan farq qiladi. Bu belgilar qushlarni sudralib yuruvchilarga nisbatan ancha yuksak tuzilganligini ko`rsatadi. Qadimgi qushlar. Yer po’stlog’ining qadimgi qatlamlaridan qushga o’xshash noma'lum hayvonning toshga aylangan skeleti va qanotining toshdagi izlari topilgan. Olimlar suyak qoldiqlariga qarab bu hayvon qiyofasini tiklaganlar. TopiIgan skelet sudralib yuruvchilar bilan qushlarning belgisiga ega bo’lgan, kattaligi zag’izg’onday keladigan hayvonniki ekanligi aniqlangan. Jag’ida tishlarning bo’lishi bosh suyagining shakli va 20 ta umurtqadan iborat uzun dumining tuzilishi bilan bu hayvon sudralib yuruvchilarga o’xshaydi, ammo uning tanasi pat bilan qoplangan. oldingi oyoqlarida ham qushlar qanotidagiga o'xshash yirik patlari bo’lgan. Biroq, qanotidagi barmoqlari hozirgi, qushlarnikiga nisbatan uzunroq va tirnoqli. Oyoqlaridagi to'rtta barmorlaridan birini orqaga, qolganlarini esa oldinga qaraganligi uni shoxni changallab turishiga yordam bergan. Dumidagi patlar hozirgi qushlarnikidek yelpig’ichga o'xshamasdan har bir dum umurtqasida juft-juft bo’lib joylashgan. Bu hayvonga Arxeopteriks». ya'ni “Qadimgi qush» degan nom berilgan. Arxeopterikslar bundan 150 mln yil ilgari daraxtlarda yashagan. Tirnoqli uzun barmoqlari bilan osilib, shoxdan-shoxga sakragan, yozilgan qanotlarini qoqmasdan yuqoridan pastga uchib tushgan. qanot qoqqanida esa uncha uzoq bo'lmagan masofaga uchib borgan.
Qushlarning umumiy ta'rifi. Qushlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Qushlarni muhofaza qilish. Qushlarni jalb etish. Yirtqich qushlar, kunduzgi yirtqichlar, qora kalxat, tasqara, ukki, boyo‘g‘li.
1. Yirtqich qushlarning jufti:
a) bir mavsum davomida saqlanadi;
b) ko‘payish davrida saqlanadi;
d) bir umrga saqlanadi.
2. Yapaloqqushlar tunda hayot kechiradi:
a) ko‘zlari katta, qorachig‘i keng;
b) ko‘zlari boshining ikki yonida;
d) tanasi yapaloq, patlari tig‘iz joylashgan.
Yirtqichlar nomini ularga mos keladigan xususiyatlar bilan juftlab yozing.
a) qora kalxat; 1) boshida ikki to‘p pati bor;
b) tasqara; 2) dumi ayri, daraxtga uya quradi;
d) ukki; 3) kechqurun o‘lja qidiradi;
e) boyo‘g‘li. 4) havoda qanot qoqmasdan ucha oladi.
1. Qushlar yirtqich hayot kechirishga qanday moslashgan?
2. Qora kalxat qanday hayot kechiradi?
3. Tasqara o‘z o‘ljasini qanday topadi?
4. Tasqara qanday hayot kechiradi?
5. Yapaloqqushlar qanday tuzilgan?
6. Yapaloqqushlar qanday ov qiladi?
7. Yirtqich qushlar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
8. Qushlar odam hayotida qanday ahamiyatga ega?