OITS HAQIDA- ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI | ОИТС ҲАҚИДА - ОРТТИРИЛГАН ИММУНИТEТ ТАНҚИСЛИГИ СИНДРОМИ
KANALIMIZGA OBUNA BO'LING:
/ @biologuz
Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!
👍Layk tugmasini bosishni unutmang !
🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring...
Kuningiz xayrli o‘tsin!
Hurmat ila BIOLOGUZ
►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog
►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ: / uzbiolog
►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti.
#shorts #uzbiolog #biologuz #oitshaqida
OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi), ruscha nomi SPID (sindrom priobretennogo immunnogo defitsita) hozirgi vaqtda jahon jamoatchiligini tashvishga solayotgan eng xavfli xastalikdir. OITS birinchi marta 1981-yilda AQSHda ro‘yxatga olingan. Kasallikning qo'zg'atuvchisi VICH (virus immunodefitsita cheloveka, o'zbekcha odamda immunitet tanqisligi virusi) deyilib, uni 1983-yilda fransiyalik olim L. Montane aniqlagan. VICH sog‘ odamga OITS bilan xastalangan bemordan hamda tanasida shu virusni tashib yuruvchi, ya’ni hozircha o‘zida kasallik belgilari yuzaga kelib ulgurmagan odamdan yuqadi. Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, o‘pishish, tishlash, sterillanmagan shprits, igna, stomologiya,ginekologiya, jarrohlik asboblari, kasal yoki virus tashib yuruvchi odamning qoni va qon zardobini qo‘llash. Virus sog‘ odamga yuqqanidan to kasallik belgilari paydo bo'lgungacha davr infeksiyaning yashirin (inkubatsion) davri deyiladi. Bu davrda viruslar odam tanasidagi limfa tugunlariga joylashadi. So‘ngra oq qon tanachalari bo‘lmish limfositlar ichiga kirib qon orqali tana bo‘ylab tarqaladi. Ma’lumki, limfositlar: odam organizmining immunitet, ya’ni mikroblar va viruslardan himoyalanish qobiliyatini ta’minlaydi. OITSni qo’zg'atuvchi viruslar (VICH) limfositlarni zararlab, kuchsizlantirib, yemirib, sonini kamaytirib organizmning immunitet qobiliyati kuchsizlanishiga, hatto butunlay yo'qolishiga olib keladi. Natijada OITS kasalligi belgilari paydo bo'ladi. VICH-infeksiyaning yashirin davri 10 yilgacha va undan ko'p.bo'lishi mumkin. Bu davrda o'ziga virusni yuqtirib olgan odam o'zidagi viruslarni boshqalarga yuqtirib yurishi mumkin. Maxsus tekshiruvdan o'tmaguncha o'ziga virus yuqtirib olganligini mazkur odamning o'zi bilmasligi mumkin. OITS ning belgilari. Jag' osti, bo'yin, qo'ltiq osti, chov sohasidagi, nafas yo'llari (bronxlar) va ichaklar atrofidagi limfa tugunlari kattalashadi. Terida yiringli yaralar paydo bo'ladi, vaqti-vaqti bilan tana harorati ko'tariladi. VICH-infeksiya immunitet tanqisligini vujudga keltirgani sababli (OITS bilan kasallangan bemor angina, gripp, sil (tuberkulyoz), pnevmoniya, salmonellyoz, sepsis kabi kasalliklarga tez beriluvchan bo'ladi va shu kasalliklar tufayli hayotdan ko'z yumadi. OITS virusi bosh miyaning oq moddasini zararlashi tufayli bemor qo'l oyoqlaridagi nerv tolalari bo'уlab og'riq seziladi. Ba’zi bemorlarda qo'l- oyoq falaji, xotiraning va aqliy mehnat qobiliyatining pasayishi hollari - kuzatiladi. Hozirgi kunda OITS ni davolash, unga qarshi emlash usullari ishlab chiqilmagan. Shu bois bu havfli kasallikdan saqlanishning asosiy chorasi sog'lom turmush tarziga rioya qilish, ya’ni yuqorida aytib o'tilgan virus yuqishi yo'llarini bilish va uni yuqtirmaslik chorasini ko'rish zarur. 1-dekaftr-Umumjahon SPID ga qarshi kurash kuni, deb e’lon qilingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko'ra, 2000-yilning oxirida dunyo bo'yicha VICH (OITS) ni о‘ ziga yuqtirib olgan odamlar soni 50 millionga yetgan 16,3 million kishi vafot etgan. O'zbekistonda kasallikni yuqtirib olganlar soni 190 kishini tashkil etgan, ulardan 14 nafari hayotdan ko'z yumgan. Yuqumli kasalliklarni mikroblar keltirib chiqarishini birinchi bo'lib fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) aniqlagan. U 1879-yilda tovuqlarda vabo kasalligini qo'zg'atuvchi mikroblarni aniqlab, shu mikroblarni kuchsizlantirilgan holda tovuqlar tanasiga yubonb, ularni kasallikdan saqlash chorasini topgan. Shunday qilib, Paster yuqumli kasalliklardan saqlanishda emlash usulini yaratgan. Mashhur rus olimi I.I. Mechnikov Rossiyada birinchi bo'lib quturish, kuydirgi va boshqa kasalliklarning oldini olish uchun vaksina va qon zardoblarini tayyorlab qo'llagan. O'sha davrdagi amaldorlar Mechnikov ilmiy ishlarining mohiyatini to'g'ri tushunmasdan, uni tazyiq ostiga olganlar. U Lui Pasterga yordam so'rab murojaat qiladi. 1887-yilda Mechnikov Parijga boradi va Lui Paster tashkil qilgan institutda 28 yil davomida immunitet sohasida ilmiy ish olib boradi. Paster vafotidan keyin uning institutiga rahbarlik qiladi. Fagotsitoz, immunitet sohasidagi ilmiy ishlari uchun 1908-yilda unga Nobel mukofoti berilgan.