#ElyorbekNazarov

Опубликовано: 14 Июль 2026
на канале: Qora Oltin (BlackGold)
1,753
45

Ey, do‘st, unut g‘amingni,
In’om bil har damingni.
O‘lchab bos qadamingni,
Guvohingni unutma!
Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan,
Yo hiylagar shaytondan,
Shart shuki, har zamonda
Panohingni unutma!
Ey, do‘st, unday ko‘kdan tush,
Kelmagay Tangrimga xush.
Savobingni qilmay pesh
Gunohingni unutma!
Ey, do‘st ber bir qultum may,
Ko‘ngling yig‘laydi tinmay.
Kimsan yo‘q deb xo‘rsinmay
Hamrohingni unutma!
Ey, do‘st, xushlaring qayda?
Izg‘ivermay har joyda,
Otangdan qolgan uyda
Chirog‘ingni unutma!...
Ey, do‘st, sezmaysan, esiz!
Ortingda yo‘q bitta iz...
Kim bo‘pti ..............iz,
Ollohingni unutma!...